Toshkentda yo‘lovchi ayol va uning bloger tanishlari haydovchi bilan janjallashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil haydovchisi va yo‘lovchi ayol o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 17 avgust kuni soat taxminan 19:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan J.Yo. boshqaruvidagi Onix rusumli avtomobilda haydovchi va 2001 yilda tug‘ilgan X.D. ismli yo‘lovchi ayol o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, mojaroga avtomobil harakati davomida yo‘lovchi ayolning farzandi o‘rindiqni tepib kelgani sabab bo‘lgan. Haydovchi bu holat yuzasidan ayolga tanbeh bergan. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan va haydovchi yo‘lovchilardan avtomobildan tushishni so‘ragan. Biroq yo‘lovchi uning talabini bajarmasdan, voqea joyiga 2003 yilda tug‘ilgan N.M. va A.T. ismli ikki nafar tanishini chaqirgan.

Ular voqea joyiga kelgach, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzgan holda haydovchi bilan janjallashgan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, holatga huquqiy baho berilib, qonun doirasida tegishli qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisi bilan janjallashib, transport vositasining old oynasini sindirdi hamda haydovchini urib, tan jarohati yetkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing