Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi truba yorilib, asfaltni o‘pirib yubordi (video)
3-sahifa
−
17:16 1651 2 daqiqa
Bugun, 3 sentyabr kuni Yakkasaroy tumanining Glinka ko‘chasida yuqori bosimli truba yorilishi oqibatida yo‘l qoplamasining bir qismi o‘pirildi. Hodisa oqibatida bir kishi jarohatlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa joyida tegishli mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Ular tomonidan hodisa sabablarini aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish va shikastlangan qismni tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olingani ta’kidlangan.
.jpg)
Bildirilishicha, hodisa oqibatida bir nafar shaxs yengil tan jarohati olgan. Unga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
.jpg)
Shuningdek, hodisa joyiga “Veolia Energy Tashkent” MCHJ avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari zudlik bilan yetib borgan. Hozirda xodimlar sodir bo‘lgan hodisaning barcha tafsilotlari va o‘pirilish sabablarini o‘rganishmoqda. Ayni paytda hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.
Bundan tashqari, Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Haydovchilardan o‘z yo‘nalishlarini rejalashtirishda ushbu cheklovni inobatga olish so‘ralgan.
.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimligi hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Vaziyat va olib borilayotgan ishlar doimiy nazoratda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga ketadigan magistral pulpa quvurida ham yorilish yuz bergan edi.
Live
Barchasi