Toshkentda yengil konstruksiyadan qurilgan oshxonada yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 22 fevral kuni Toshkentdagi oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:44 da Chilonzor tumanining Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan yengil konstruksiyadan qurilgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:46 da yetib borib, yong‘in soat 16:52 da qurshab olinib, soat 16:56 da o‘chirilgan.

Xabarda yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘qligi, ayni vaqtda yong‘in sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish joyida yong‘in kelib chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing