Toshkentda Nil timsohini uyida boqayotgan shaxs aniqlandi
3-sahifa
−
25 iyun 2025 12075 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan biri Nil timsohini uyida saqlayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha vazirlikning davlat nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan. Reyd davomida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro yashash manzilida 1 dona Nil timsohini saqlayotgani aniqlangan.
Timsoh Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qaroriga asosan, joriy yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan (ro‘yxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlangan.
Nil timsohi Afrikaning deyarli barcha hududlarida, ayniqsa Sahroi Kabir janubidagi daryo, ko‘l va botqoqliklarda uchraydi. Nil daryosi havzasida juda keng tarqalgan bo‘lib, shuning uchun u shu nom bilan ataladi. Uzunligi 4 dan 6 metrgacha, og‘irligi 500-700 kg atrofida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o‘z yashash xonadonida 1 yo‘lbars va 4 dona yo‘lbarssimon ilon boqqan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025