Toshkentda bir hafta ichida uchinchi marta elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 

3-sahifa

image

Bugun, 8 iyun kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanida Yutong rusumli elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun soat 12:30 larda, “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, elektrobus haydovchisi (X.M. 1979 yilda tug‘ilgan) transport vositasini Uchtepa tumani Guliston ko‘chasi orqali “Muxlisa” va “Ahmad” bekatlari oralig‘ida boshqarib borayotgan vaqtda yo‘l chetida turgan mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti avtomobili to‘satdan yo‘lining qatnov qismiga chiqib, elektrobusga urilgan.  

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilingan. Yutong elektrobusi va Lacetti avtomobili texnik shikastlangan. 

“Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganini ma’lum qilamiz. 

Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarining texnik holati soz ekaniga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bu bilan poytaxtda mazkur hafta uchinchi bor elektrobuslar ishtirokida yo‘l-tranpsort hodisasi sodir bo‘ldi. 5 iyun kuni Yutong elektrobusi ikkita avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida bir nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan edi. 6 iyun kuni yana bir holatda Cobalt elektrobus bilan to‘qnashishi oqibatida uning 2003 yilda tug‘ilgan haydovchisi vafot etgan va yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent elektrobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made