Toshkentda elektrobus bilan yana YTH sodir bo‘ldi. Bu safar qurbon bor
3-sahifa
−
06 iyun 2023
12972Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Yutong rusumli elektrobus hamda Cobalt rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 6 iyun kuni soat 15:20 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li - G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. 1958 yilda tug‘ilgan L.S. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli elektrobus hamda 2003 yilda tug‘ilgan Y.F. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘qnashgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay Y.F. vafot etgan. Shuningdek, Cobalt avtomashinisining 1 nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratida ekanligi aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyun kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida elektrobus Lacetti va Malibu avtomashinalari bilan to‘qnashib ketgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr