Toshkentda ayol kishining ortidan ishtonsiz quvgan erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
08 iyul 8294 1 daqiqa
Joriy yilning 1 iyul kuni Toshkent shahridagi yer osti yo‘llarining birida ayolni yo‘lini to‘sgan hamda ishtonsiz quvlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan 31 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi. QALAMPIR.UZ mazkur holat yuzasidan sud xujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, 2026 yil 1 iyul kuni soat 11:00 da huquqbuzar erkak Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi 53-uy oldidagi yer osti yo‘lida bo‘la turib, ayol O.B.ning yo‘lini to‘sgan. Shuningdek, u ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan hamda ishtonini yechib, ayolni quvlagan.
Sud majlisida huquqbuzar erkak haqiqatdan ham u yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga yengillik berishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, sud qarori bilan huquqbuzar Ma’muriy jinoyat kodeksining 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va aybdorga nisbatan huddi shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Bektemir tumanida joylashgan xususiy klinika menejeri bemorga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.
Live
Barchasi