Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun chetga olib ketayotgan ayol ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari davomida yana bir shaxsning odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan X.T. ismli ayol oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan Z.A.) ismli qizni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga fohishalik uchun olib ketayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol va 22 yoshli qizning Rossiyaga borish uchun yo‘l haqi va boshqa xarajatlari Sankt-Peterburgda yashovchi “Zulya” ismli ayol tomonidan qoplangan. Buning evaziga qiz keyinchalik fohishalik bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, ayol qizni yetkazgani uchun “Zulya”dan ma’lum miqdorda haq olishga kelishgan.

Ushlangan shaxsga nisbatan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “a”,”z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent xalqaro aeroportida 2 qizni mo‘may daromad va’da qilib, aldov yo‘li bilan Turkiyaga jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi Xavfsiz va sog'lom yurt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing