Toshkentda 18 yoshli hamkasbiga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
31 Oktabr 7915 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘zi bilan bir joyda ishlaydigan 18 yoshli qizga jinsiy a’zosini videoga olib tashlagan 20 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 12 oktyabr kuni 2005 yilda tug‘ilgan B.D. o‘zi bilan birga ishlaydigan 2007 yilda tug‘ilgan Sh.A. ga jinsiy a’zosini videoga olib, Telegram orqali yuborgan. Bundan tashqari, B.D. Sh.A. ga turli uyatli so‘zlar yozib, jinsiy aloqa qilishga undagan va shahvoniy shilqimlik qilgan. Sh.A. ning onasi qizining telefonini tekshirganda holatdan xabar topgan va sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Kecha, 30 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda B.D. aybiga iqror bo‘lgan va suddan yengillik berishni so‘ragan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida ayol va uning jiyaniga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi