Toshkent va Maskat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan O‘mon Sultonligi Iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga O‘mon Sultoni Haysambin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazgan.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashgan.

So‘nggi yillarda aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi o‘sgani qayd etilgan. O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi ishtirokida muhim loyihalar samarali amalga oshirilmoqda. Keyingi oydan poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shu yil Masqat shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olingan.

Muloqotda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing