“Tolibon” Qobuldagi namoyishlarni tarqatish uchun qurolni ishga soldi (video)

Olam

image

Avvalroq, Afg‘onistonning bir qancha shaharlarida “Tolibon” harakati va qo‘llab-quvvatlayotgani aytilayotgan Pokistonga qarshi namoyishlar o‘tkizilayotgani haqida xabar bergandik.

Hozirda Afg‘oniston poytaxti Qobulda “Tolibon” Pokistonga qarshi namoyishchilarini o‘qqa tuta boshladi. Biroq qurbonlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q, deya yozmoqda RIA Novosti.

Namoyishlar “Tolibon” taklifiga binoan Pokiston idoralararo razvedka boshlig‘i Fayz Hamidning Afg‘oniston poytaxtiga tashrifidan so‘ng, boshlangan.

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar Qobul shimolidan Pokistonning Afg‘onistondagi elchixonasigacha yurib borgan.

Nashrning ta’kidlashicha, “Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid aholini namoyishlar o‘tkazmaslikka chaqirgan, chunki mamlakat “endigina inqirozdan chiqqan”.

Xabarga ko‘ra, harakat vakillari, shuningdek, jurnalistlarga Qobulda bo‘layotgan namoyishlarni tasvirga olishga ruxsat bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, Panjsher lideri avval ham Afg‘oniston xalqiga murojaat bilan chiqqan. O‘shanda Ahmad Mas’ud “Biz Alloh, erkinlik va adolat uchun kurashishdan hech qachon voz kechmaymiz”, deya barchani bardam bo‘lishga chaqirgandi.

Qayd etish kerakki, OAVda “Tolibon” Afg‘onistondagi eng yirik harbiy baza — Bagramni Xitoyga, bundan tashqari Qandahordagi aerodromni esa Pokistonga berishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Toliblar ushbu ikki davlat bilan ham juda yaqin aloqada. 

Shu o‘rinda, AQSH va NATO kuchlari Afg‘onistonni tark etganiga qadar, chet el qo‘shinlariga qarshi kurashish, ularni mamlakatdan chiqarib yuborish “Tolibon” harakatining asosiy maqasadi bo‘lganini eslab o‘tish kerak. Zero, ularning bugungi siyosati avvalgi gap-so‘zlariga unchalik ham to‘g‘ri kelmayapti.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Tolibon

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing