Pokistonda tez yordam maşinasi portlab ketdi. 9 kişi halok böldi (video)
Olam
−
14:37 523 1 daqiqa
Pokistonning janubidagi Sind provinsiyasi Txarparkar okrugida tez yordam maşinasida kislorod balonining portlaşi oqibatida kamida töqqiz kişi halok böldi, yana bir neça kişi jarohat oldi. Hodisa haqida bugun, 29 oktyabr kuni politsiyaga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 28 oktyabr kuni keçqurun Txarparkar okrugidagi mahalliy şifoxonada yuz bergan. Hodisa sodir bölgan vaqtda tibbiyot muassasasi xodimlari bemorlarni taşişga tayyorlayotgan bölgan.
“Xodimlar tez yordam maşinasi içida kislorod balonini ulaşayotgan edi. Ulaş vaqtida balon portlab ketgan, şundan söng maşinada yonğin çiqqan”, deyiladi xabarda.
Halok bölganlar orasida bemorlar va şifoxona xodimlari bor. Politsiya mahalliy tibbiyot muassasasi yonida turgan maşinadagi portlaşdan söng halok bölganlar va jarohatlanganlar haqida xabar bergan.
Ma’lumotlarga köra, beş kişi oğir kuyiş jarohatini olgan. Hokimiyat organlari falokat holatlari böyiça tekşiruv boşlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning Peşavor şahrida maktab tomi qulab tuşişi oqibatida 34 nafar öquvçi va bir nafar öqituvçi halok bölgandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr