Tennis. Medvedev “Australian open”ning 1/8 finaliga yo‘l oldi 

Sport

image

Dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi rossiyalik Daniil Medvedev “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.

Medvedev 1 soat 57 daqiqa davom etgan. uchinchi davra bahsida gollandiyalik Botik Van Zandshulpni uch setda 6:4, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Endilikda Medvedev chorak finalga chiqish uchun Kristofer O’Konnell (Avstraliya) va Maksim Kressi (AQSH) bahsi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Ma’lumot uchun, dunyoning 2-raqamli tennischisi hisoblangan Daniil 2021 yilda “Australian open”ning finaliga qadar yetib kelgan edi. O‘shanda Novak Jokovich uch setda 7:5, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. 

Biroq amaldagi chempion – Jokovich Avstraliya viza mojarosi tufayli Avstraliyadan deportatsiya qilindi va o‘z unvonini himoya qila olmaydi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing