Telegram foydalanuvchilari soni 500 mlndan oshib ketdi
Olam
−
13 yanvar 2021 5887 1 daqiqa
Dunyo bo‘yicha Telegram messenjeridan foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshdi. Bu haqda Telegram ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 72 soatda butun dunyodan 25 mln odam Telegram`da ro‘yxatdan o‘tgan.
“Tashakkur! Bu yutuqlar do‘stlarini Telegram`ga taklif qilayotgan foydalanuvchilarsiz imkonsiz edi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida yozishicha, oxirgi kunlardagi o‘sishning 38 foizi Osiyo qit’asiga, 27 foizi Yevropaga, 21 foizi esa Lotin Amerikasiga to‘g‘ri kelgan. Telegram'ga o‘tgan yil kuniga 1,5 million yangi foydalanuvchi qo‘shilgan vaqtlar ham bo‘lgan va bu galgi raqamlar barcha rekordlar yangilanganini ko‘rsatadi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel