“Tayyorgarlik ko‘ryapmiz”. Kuba Prezidenti AQSH bilan ehtimoliy urush haqida gapirdi
Olam
−
03 iyul 2947 1 daqiqa
Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Oq uy rahbari Donald Trampning mamlakat sha’niga aytgan bayonotlariga munosabat bildirdi va AQSH bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizo haqida fikr bildirdi. Bu haqda u “Sky News”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Nashrning xabar berishicha, Migel Dias-Kanel Kuba AQSH bilan harbiy to‘qnashuv yuz bergan taqdirda o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
“Biz urushni xohlamaymiz, lekin undan qo‘rqmaymiz ham. To‘satdan g‘aflatda qolmasligimiz va mag‘lubiyatga uchramasligimiz uchun unga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, deydi Kuba rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning Kuba haqidagi bayonotlari va Amerika ma’muriyatining ritorikasi Gavana jiddiy qabul qilayotgan tahdidli signaldir. Shu bilan birga, Kuba Prezidenti hujum uyushtirilgan taqdirda, mamlakat xalqi “birdamlik, qat’iyatlilik va o‘z suverenitetini himoya qilish bilan javob qaytarishiga” ishonch bildirgan.
Shuningdek, Migel Dias-Kanel to‘qnashuvning oldini olishni ustuvor vazifa deb hisoblaydi va Vashington bilan muloqot qilish tarafdori ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Kubaga tahdid qilib, Eronga qarshi hujum yakunlanganidan keyin Qo‘shma Shtatlar Kuba bilan “shug‘ullanishini” ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi