Tadbirkor Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rahbar bo‘ldi
Sport
−
17 fevral
5478Bugun, 17 fevral kuni tadbirkor Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, federatsiyaning sobiq rahbari Alisher Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasi boshqaruviga o‘tgani sababli, tadbirkor, uzoq yillar davomida “Paxtakor” klubi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan mutaxassis Botir Rahimov nomzodi O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisligiga ilgari surildi va bir ovozdan ma’qullandi.
Tadbirda ishtirok etgan rasmiylar federatsiyalarning yangi rahbariyatini mas’uliyatli lavozimga saylangani bilan tabrikladi. Ularga oldinda turgan Milan-Kortina-2026 qishki va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik yuzasidan vazifalarni belgilab, bu borada o‘z tavsiyalarini berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib, O‘zbekiston tennis federatsiyasining oldingi rahbari Alisher Mirsoatov esa O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi etib saylangandi.
LiveBarchasi