Surxondaryoda hokim yordamchisi va yana ikki kishi qo‘lga olindi

3-sahifa

image
Fuqarolar va davlatni o‘marish: “Agrobank” boshqaruvchisi, 2 xodimi va 6 hokim yordamchisi qamaldi north_east

Fuqarolar va davlatni o‘marish: “Agrobank” boshqaruvchisi, 2 xodimi va 6 hokim yordamchisi qamaldi

Surxondaryo viloyatida hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xo‘jaligi mas’uli pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 million so‘m talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida u ushbu pul mablag‘ini “O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash institutining “Survilerloyiha” bo‘linmasi muhandisi hamda Sariosiyo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi sho‘’ba boshlig‘iga berishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, muhandis va sho‘’ba boshlig‘i ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida Peshku tumani hokimining yordamchisi 6 ming dollar pul olayotganda qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX firibgarlik tergov hokim yordamchisi muhandis pora berish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing