“Siyosatga aralashmang”. Polsha Tashqi ishlar vaziri Maskni tanqid qildi

Olam

−

image

Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Ukraina haqidagi bayonotini tanqid qildi va uni siyosatga aralashmaslikka chaqirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

Kecha, 23 oktyabr kuni SpaceX rahbari Ilon Mask Qo‘shma Shtatlarda siyosiy kampaniyalarni moliyalashtirish uchun amerikalik soliq to‘lovchilarning mablag‘larini yuvishda Kiyevdan foydalanilayotganini aytgan. Bunga javoban polshalik siyosatchisi AQSH Ukrainani moliyalashtirishni o‘tgan yilning o‘zidayoq to‘xtatganini eslatgan.

“Yo‘q, Ilon Mask. AQSH Ukrainani moliyalashtirishni o‘tgan yilning o‘zidayoq to‘xtatgan. Bundan tashqari, Amerika kompaniyalari qurol yetkazib berish orqali daromad topmoqda, uning haqini esa biz, yevropaliklar to‘laymiz. Bizning siyosatimizga qanchalik faol aralashsangiz va o‘z mahsulotlaringizdan siyosiy o‘yinlarda foydalansangiz, o‘z brendingizga shunchalik ko‘p zarar yetkazasiz”, deb yozgan Radoslav Sikorskiy.

Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida AQSH Kongressi a’zosi Anna Paulina Luna demokratlarni ayblagan. Uning aytishicha, ular Ukrainadagi mojaroni ataylab cho‘zmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad AQSH byudjetidan milliardlab dollar mablag‘ni o‘zlashtirishga qaratilgan korrupsiya sxemasini amalga oshirish. Luna bu mablag‘lar demokratlarning siyosiy maqsadlarini moliyalashtirish uchun ishlatilishini da’vo qilgan.

Avvalroq, “Just The News” portali AQSH razvedka xizmatlarining 2022 yil oxirida maxfiylikdan chiqarilgan hisoboti haqida xabar bergan. Unda aytilishicha, Ukraina rahbariyati va Kiyevdagi USAID vakillari infratuzilma loyihalari uchun ajratilgan yuzlab million dollar mablag‘ning qariyb 90 foizini AQSH Demokratik partiyasining milliy qo‘mitasiga o‘tkazish sxemasini ishlab chiqqan. Go‘yoki, infratuzilma loyihalari ushbu mablag‘larni o‘tkazishni yashirish uchun niqob vazifasini bajargan.

Materialda aytilishicha, AQSH Ukraina rasmiylarining yozishmalarini qo‘lga kiritgan. Ularda Kiyevga energetika sohasi uchun ajratilgan mablag‘larni, agar Jo Bayden 2024 yilda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilsa, uning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishga qanday yo‘naltirish muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp amerikalik milliarder Ilon Maskka qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimining harbiy versiyasi – Starshield faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni so‘ragan edi.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing