Shomurodovga da’vogarlar soni bittaga kamaydi
Sport
−
08 Noyabr 2022 10658 1 daqiqa
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qishda “bo‘rilar” safini tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga qiziqayotgan klublar orasida “Bolonya” yo‘q. “Bolonya” sport direktori Jovanni Sartori “Sport Ekspress” nashriga bergan izohida klub Shomurodov transferiga qiziqish bildirmayotganini aytib o‘tgan.
“Biz Shomurodovga qiziqish bildirmayapmiz”, dedi Sartori.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda “Roma”da atigi 7 ta o‘yinda maydonga tushgan Eldor Shomurodovning transferiga Turinning “Torino” jamoasi ham qiziqish bildirgan.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr