Shomurodov Turkiyada tur ramziy jamoasiga kirdi
Sport
−
14:36 918 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” talqini bo‘yicha Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Turkiya Superligasining 21-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safarda “Eyupspor” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shomurodov o‘yinda jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Fayzullayev esa jamoasining ikkinchi goliga uzatmani amalga oshirdi.
“Sofascore” portali tomonidan Eldorning o‘yindagi harakatlari 8 ball bilan baholandi. Abbosning o‘yini esa 7,7 ballga loyiq ko‘rildi.
Ayni damda Eldor Shomurodov Superligada 15 ta gol urgan holda “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan birgalikda eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinda 12 ta gol bilan “Fenerbahche” forvardi Taliska bormoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasi 18-tur yakuniga ko‘ra, “Galatasaroy” 52 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Fenerbahche” 49 ochko bilan ikkinchi, “Trabzonspor” 45 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Istanbul Bashakshehir” esa 33 ochko jamg‘argan holda 6-pog‘onada joylashgan.
Live
Barchasi