Shomurodov “Roma”da ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turida Rimning "Roma" klubi safarda "Sassuolo" bilan bahs olib bordi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

E’tiborisli, "Sassuolo"ga qarshi bahsda rimliklar ustozi Joze Mourino o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni joriy mavsumda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Yangi mavsumda Shomurodov 7 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, atigi 85 daqiqa to‘p surgandi. "Sassuolo" bilan o‘yinda Eldor 66-daqiqada zaxiraga olindi. 

O‘yindan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchi o‘z Instagram sahifasiga post joylab, "Olg‘a borishda davom et, hech qachon to‘xtab qolma", deb yozib qoldirdi.

Avvalroq, o‘zbekistonlik hujumchiga Turinning "Torino" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shomurodovning so‘zlaridan anglash mumkinki, u "Roma"da asosiy tarkib uchun hali kurashmoqchi.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali 27 yoshli futbolchi 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing