Shols Germaniya qachon Rossiya neftiga tobelikdan qutilishi mumkinligini aytdi

Olam

image

Germaniya joriy yilning o‘zidayoq Rossiyadan import qilinadigan ko‘mir va neftga tobelikdan mustaqil bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi.

“Biz shu yil Rossiyaning ko‘mir va neft importidan (tobelikdan – tahr) qutulishga harakat qilamiz va imkon qadar tezroq gaz importidan mustaqil bo‘lishimiz uchun texnik shartlarni tayyorlaymiz”, degan u ARD telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Germaniya 2024 yilning yozigacha Rossiya gazidan, 2022 yilning yozida esa ko‘mir va neftdan voz kechishi mumkinligini aytgan edi.

Shols, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hozir Rossiyadan olinadigan energiya resurslari ta’minotiga qaram ekanligini tan olgan.

“Haqiqat shuki, agar shunday qilsak (agar Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya energiya resurslaridan voz kechsa - tahr.), biz jiddiy iqtisodiy inqirozni boshlaymiz. Shu sababdan o‘zimizni bu qaramlikdan xalos qilish uchun hamma narsani qildik. Menimcha, bu to‘g‘ri yo‘l deb bilaman”, degan Shols.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat va Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankiga Rossiya gazining Yevropa davlatlariga yetkazib berilishi uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga G‘arb davlatlarining Ukrainadagi urush ortidan Moskvaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols ham Germaniya gazni rublda sotib olmasligini e’lon qildi. Uning ortidan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham rus gazini rubldan sotib olmasligini aytdi.

Vladimir Putin esa gazni rublda sotish bo‘yicha qarorida sobit qolmoqda. U Vazirlar Mahkamasi, Rossiya banki va “Gazprom” kompaniyasiga oy oxirigacha do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lov valyutasini rublga o‘zgartirish haqidagi hisobotni tayyorlashni buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing