Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirdi

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Shimoliy Koreya hududidan uchirilgan va dengiz tomonga yo‘naltirilgan. Dastlab u noma’lum snaryad sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, keyinchalik u ballistik raketa ekani aniqlangan.

Janubiy Koreya harbiylari raketa uchirilganidan so‘ng uning parvozini kuzatib borgan. Xabarlarga ko‘ra, raketa uchirilganidan ko‘p o‘tmay Yapon dengiziga tushgan.

So‘nggi paytlarda Pxenyan tomonidan raketa sinovlari tez-tez o‘tkazilayotgani mintaqadagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirmoqda. Bir muddat oldin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat dengiz flotini yadroviy qurol bilan jihozlash bo‘yicha topshiriq bergandi.

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday sinovlar Koreya yarimorolida keskinlikni yanada oshirishi mumkin. Janubiy Koreya va Yaponiya harbiylari vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Kim Jchu E bilan birga to‘pponcha va boshqa yengil qurollar ishlab chiqariladigan harbiy zavodni ko‘zdan kechirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya raketa Pxen'yan Yapon dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing