Kim Chen In qizi bilan harbiy zavodni ko‘zdan kechirdi

Olam

image

Bugun, 12 mart kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Kim Jchu E bilan birga to‘pponcha va boshqa yengil qurollar ishlab chiqariladigan harbiy zavodni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kim Chen In Ikkinchi iqtisodiy qo‘mita tarkibidagi muhim harbiy korxonaga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgan. Ushbu qo‘mita mamlakatda harbiy mahsulotlarni rejalashtirish va ishlab chiqarish uchun mas’ul hisoblanadi.

Tashrif davomida Kim Chen In yangi ishlab chiqilgan to‘pponchaning jangovar imkoniyatlarini yopiq o‘q otish maydonchasida sinab ko‘rgan. Mashg‘ulotlarda uning qizi Kim Jchu E ham qatnashib, harbiy ofitserlar bilan birga o‘q uzgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi zavod faoliyatidan mamnunligini bildirib, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va jarayonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Bu ishlar mamlakatda e’lon qilingan milliy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha besh yillik reja doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Kim Jchu E bilan birga strategik qanotli raketa sinovini kuzatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Kim Jchu E

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing