Kim Chen In qizi bilan yana bir raketa sinovini kuzatdi (video)
Olam
−
15:49 2031 1 daqiqa
Bugun, 11 mart kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Kim Jchu E bilan birga strategik qanotli raketa sinovini kuzatdi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, raketa sinovi “Choe Hyon” bortida amalga oshirilgan. Sinov vaqtida ketma-ket bir nechta kruiz raketalari uchirilib, ular oldindan belgilangan trayektoriya bo‘ylab taxminan 2 soat 48 daqiqa parvoz qilib, belgilangan nishonlarga aniq zarba bergan.
Pxenyan rasmiylari bu sinov nafaqat texnik imkoniyatlarni tekshirish, balki mamlakatning yadroviy salohiyati va qat’iyatini namoyish etish maqsadida o‘tkazilganini ta’kidlagan.
Raketa sinovi joriy yilning 9 mart kuni AQSH va Janubiy Koreya tomonidan o‘tkazilayotgan “Ozodlik qalqoni” harbiy mashqlari boshlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, Kim Chen Inning qizi Kim Jchu E 2022 yilda ilk bor davlat OAVlarida paydo bo‘lganidan beri otasiga harbiy paradlar va raketa sinovlari kabi muhim tadbirlarda hamrohlik qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreyani butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qilgandi.
Live
Barchasi