Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga bordi
Jamiyat
−
08:36 3563 1 daqiqa
Bugun, 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar o‘rin olgan.
An’anaga ko‘ra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetgandi. Davlati rahbari Yaponiya poytaxtida mamlakat Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi, Parlamentning ikki palatasi rahbarlari, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari, hukumat a’zolari, Nara shahri meri hamda yetakchi oliygohlari rektorlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Live
Barchasi