Shavkat Mirziyoyev ota-onalarga murojaat qildi

Jamiyat

image

Ota-onalar hozirgi kun sain o‘zgarib borayotgan o‘ta nozik sharoitda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishi kerak. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli.

Shu bois, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylantirilib, barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda.

Yaqinda ushbu jinoyatlarga nisbatan javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi.

“Bu illatni yoshlarimiz orasida ildiz otishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz, buni tag-tomiri bilan quritmaguncha to‘xtamaymiz.

Giyohvandlik insonning eng qimmatli boyligi –  sog‘lig‘i, aql-irodasi, orzu-maqsadlaridan ayiradi.

Unutmang! Hayot insonga bir marta beriladi. Bunday illatlarga nisbatan murosasiz bo‘ling, umrning har bir daqiqasini ezgu ishlarga sarflang!” deya yoshlarga murojaat qilgan Prezident.

Davlat rahbari ota-onalarga yuzlanib, farzand oilada kamol topishi, voyaga yetishi, uning yorqin kelajagi uchun mustahkam poydevorni, eng avvalo, ota-onalar yaratishini ta’kidlagan. Ularni kun sain o‘zgarib borayotgan o‘ta nozik sharoitda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham e’tiborli bo‘lishga, mas’uliyat bilan qarashga chaqirgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing