Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Seulda o‘zbekistonlik qariyb 5,1 mln dollarlik kvartira sotib oldi

Olam

image

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrining Seocho-gu tumanidagi mashhur “Banpo Xi” majmuasidan 7,4 milliard vonga (5 mln 87 ming dollar) kvartira sotildi va uni xarid qilgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Chosun Biz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan 41 yoshli A. ismli shaxs o‘tgan yilning noyabr oyida 244 kv maydonga ega kvartirani 7,4 milliard vonga sotib olgan. 

“Bu hududdagi eng yuqori narx bo‘lib, oldingi sotuvdan 300 million von qimmat”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, oluvchi manzili Toshkent shahrida joylashgan “Koreya-O‘zbekiston an’anaviy tibbiyot klinika”si sifatida ko‘rsatilgan. Fuqaro 28 fevralda mulkni o‘z nomiga rasmiylashtirishni yakunlagan. 

“Ehtimol, 7,4 milliard vonning to‘liq miqdori naqd pulda to‘langan, chunki mulk hujjatida ipoteka yo‘q”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Seul Banpo Xi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing