“Samsung” smartfonlari egalariga kelgan xabar nimani anglatadi?
Texnologiya
−
21 fevral 2020 12521 1 daqiqa
"Samsung" smartfonlarining egalari tizim ilovalaridan birining g‘alati bildirishnomasidan shikoyat qilishmoqda. Bu xaqda "The Verge" nashri xabar berdi.
Kecha, 20 fevral kuni butun dunyo bo‘ylab "Samsung" smartfonlari foydalanuvchilari ekranlarida bildirishnoma tariqasida "1" belgisi kelgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu bildirishnoma telefonga masofadan kirish uchun mo‘ljallangan "Mening telefonimni top" (Find My Mobile) ilovasidan kelib chiqqan. Foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, bildirishnoma ustiga bosilgandan so‘ng u shunchaki yo‘q bo‘lgan.

"Telefonim buzilib qolgan yoki shunga o‘xshash narsa bo‘ldi deb qo‘rqdim", deb yozgan kompaniyaning forumida amerikalik foydalanuvchilardan biri.
Keyinchalik, "Samsung" kompaniyasi test sinovlari paytida bildirishnoma tasodifiy yuborilganligini ma’lum qildi. Biroq, bu texnik xato qurilmaning ishlashiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.
Nurulloh Sharipov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28