Galaxy telefonlarida “josuslik ilovasi” aniqlandi

Olam

image

Samsung kompaniyasining Galaxy A va M seriyasining arzonroq modellarida oldindan o‘rnatilgan AppCloud nomli isroillik dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan ilova jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “Phone Arena” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AppCloud Isroilda ishlab chiqilgan bo‘lib, u kuzatuv funksiyalariga ega bo‘lishi mumkin. Tekshiruvlar dastur operatsion tizimga chuqur integratsiyalanganini va uni to‘liq o‘chirib tashlashning imkoni yo‘qligini ko‘rsatgan.

Hatto AppCloud vaqtincha o‘chirib qo‘yilganda ham qurilmada qoladi, tizim yangilanishlaridan keyin yana faollashadi va foydalanuvchiga sezdirmasdan qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, bu kabi yashirin faoliyat “maxfiylikka bevosita tahdid” hisoblanadi. AppCloud'ning foydalanuvchi nazoratisiz ishlashi uni oddiy va keraksiz dasturlardan ko‘ra xavfliroq holga keltirmoqda.

Samsung esa hozircha bu masala yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Mazkur vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim Samsung foydalanuvchilari AppCloud orqali yashirin kuzatuv ostida qolishi mumkin. Bu esa qurilma egalarining shaxsiy ma’lumotlari va telefonidagi faoliyati xavfsizligi borasida jiddiy savollarni yuzaga chiqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung narxlarni 60 foizgacha oshirishi haqida xabar berilgandi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samsung Galaxy A AppCloud Galaxy M

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing