Samarqandda 90 kg qoradori aniqlandi (video)
3-sahifa
−
04 dekabr 3591 1 daqiqa
Samarqand viloyatida bir oyda umumiy bahosi 14 milliard 256 million so‘m bo‘lgan 90 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, giyohvandlik vositalarini yetishtrish bilan bog‘liq 4 ta holat aniqlanib, 25 tup giyohvandlik o‘simliklari hujjatlashtirib olingan. Giyohvandlik vositalarini sotish, saqlash va yetkazish bo‘yicha 128 ta holatlar aniqlanib, umumiy og‘irligi 90 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari tegishli tartibda musodara qilingan.
Shuningdek, kuchli ta’sir etuvchi psixotrop moddalarni sotish, saqlash va yetkazish bo‘yicha 6 ta holat aniqlanib, 954 dona kuchli ta’sir etuvchi moddalar va 1 kilogramm 993 gramm sintetik giyohvandlik vositalari hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda xonadonida 13 kg qoradori saqlagan er-xotin ushlangandi.
Live
Barchasi