Samarqandda 18 sotix yerni sotishga uringan fermer ushlandi
3-sahifa
−
11 avgust 4260 1 daqiqa
Samarqand viloyatida 18 sotix yerni 25 ming dollarga sotishga uringan fermer qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “N.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. fuqaro M.A. ga “Badal” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 25 000 AQSH dollariga sotishga kelishgan. U shundan 8 000 AQSH dollarini bo‘nak sifatida qo‘lga kiritib, 17 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida fermer xo‘jaligi balansidagi 16,9 gektar yerni 56 ming dollarga sotishga uringan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi