Samarqandda 1 asrlik tangalarni chetga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
30 may 4001 1 daqiqa
Samarqand viloyatida 1 asrlik tangalarni Turkiyaga yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan Istanbulga parvoz qilayotgan yo‘lovchilardan biri 2 dona qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida fosh qilingan.
Tangalar 1923 yilda Turkiyada zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekanligi aniqlangan. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan yaratilganiga 50 yildan oshgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini olib chiqish mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan Germaniyaning Myunxen shahriga parvozga otlangan fuqaroda 135 mln 200 ming so‘mli tilla piyola borligi aniqlangandi.
Live
Barchasi