Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva  Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirgan.

Xabarga ko‘ra, uchrashuvda strategik sheriklik masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildik”, deya yozadi Mirziyoyeva.

Shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, Alisher Navoiy nomidagi teatrning Ostona va Olmaota shaharlariga ijodiy safarlari yuzasidan ham fikr almashilgan.

“Madaniy-gumanitar hamkorlikni muhokama qilar ekanmiz, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, A. Navoiy nomidagi teatrning Ostona va Olmaota shaharlariga ijodiy safarlari, Qozog‘iston Milliy muzeyi va Abilxon Kasteev nomidagi Qozog‘iston san’at muzeyida ko‘rgazmalar, shuningdek, Turkistonda yoshlar forumini tashkil etish yuzasidan fikr almashdik”, deya yozadi Prezident yordamchisi.

Qolaversa, uchrashuv davomida tadbirlarning yuksak saviyada o‘tkazilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Saida Mirziyoeva Beybut Atamkulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing