Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Saida Mirziyoyeva AQSH elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, suhbatda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQSHning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 6 noyabr kuni Donald Trampga prezident saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida hamda ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan 21 yanvarda yo‘llagan tabrigida uni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qilgandi.

“Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlar yaratish, ta’lim sohasini yaxshilash hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik”, deb yozdi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva AQSh elchisi Jonatan Xenik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing