Saida Mirziyoyeva AQSH elchixonasidagi tantanali qabul marosimida qatnashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 2 may kuni AQSH Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali qabul marosimida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi. 

Saida Mirziyoyeva e’lon qilgan suratlardan ushbu qabulda unga o‘g‘li Miromon Tursunov va Prezident Administratsiyasidagi departament rahbari Nozima Davlatova hamrohlik qilganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etgan.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida mustahkamlanishiga ishonaman”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 fevral kuni  Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazgandi. O‘shanda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQSHning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing