Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklar jazolandi
Olam
−
17 may 17944 1 daqiqa
Rossiyaning Lipetsk shahri sudi 2024 yilning oktyabr oyida koloniyadan 30 metrlik tunnel qazib qochib ketgan olti mahbusga hukm o‘qidi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mahbuslar umumiy tartibdagi koloniyada jazoni o‘tayotgan paytlarida ikki oy davomida tunnel qazish uchun metall varaqlar, trubaning bo‘lagi, belkurak va disk ishlatgan. 30 metrdan ortiq uzunlikdagi tunnel qazilgan va u koloniya devoridan pastda joylashgan. 2024 yilning 25 oktyabr kuni beshta O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Tojikiston fuqarosi shu tunnel orqali qochib ketgan. Beshta qochqin darhol ushlangan, oxirgisi esa o‘tgan yilning 6 noyabr kuni topilgan.
Ular koloniyada zo‘rlash va narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanishgani uchun jazo o‘tayotgan bo‘lgan.
Shunday qilib, mahbuslar Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi (erkinlikdan mahrum etish joyidan guruh bo‘lib qochish) bo‘yicha aybdor deb topilib, 4,5 yildan 12,5 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosiga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi.
Live
Barchasi