Rossiya fuqarolarini Germaniyaga bormaslikka chaqirdi

Olam

image

Kecha, 25 dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda Rossiya fuqarolarini Germaniyaga shoshilinch zarurat bo‘lmagan vaziyatda bormaslikka chaqirdi. Tegishli tavsiyalar vazirlikning rasmiy saytlari va Rossiyaning chet eldagi vakolatxonalarida e’lon qilindi.

Bunday ogohlantirishga sabab Germaniyada Rossiya fuqarolari bilan yuz bergan holatlar bo‘lib, nemis hukumatining ularni sanksiyalarni buzishda gumon qilishi hisoblanadi. Misol sifatida Zaxarova Shtutgart aeroportidagi voqeani keltirgan. O‘sha voqeada nemis bojxona xodimlari rossiyalik ayoldan shaxsiy buyumlar va naqd pulni olib qo‘ygan.

Zaxarova shunday choralar nafaqat oddiy fuqarolar, balki rasmiy shaxslarni ham qamrab olayotganini ta’kidlagan. Buning isboti sifatida u Myunxen aeroportida “Zenit” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Semak va uning rafiqasi Anna bilan yuz bergan voqeani eslagan: ular Yevropa Ittifoqi hududida sotib olingan buyumlar, jumladan bir juft etik, ko‘zoynak va ro‘mol uchun jarimaga tortilgan.

Qayd etish joiz, Yevropa davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga javoban bojxona qoidalarini kuchaytirgan. 2022 yil mart oyidan beri amal qiladigan sanksiyalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga har birining qiymati 300 yevrodan oshadigan hashamatli buyumlar (kiyim-kechak, poyabzal, kosmetika, elektronika) olib kirish taqiqlangan. Rasmiy maqsadlar, diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar uchun esa istisnolar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha o‘z fuqarolarini Rossiyaga safar qilmaslik bo‘yicha ogohlantirgandi. Tashqi ishlar vazirligi bunga asosiy sabab sifatida Polshaning Rossiyada “noto‘g‘ri munosabatdagi davlat” sifatida tan olinishi va urush holatini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Zenit Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing