Rossiya armiyasida koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Olam

image
Putin nega koronavirusga qarshi emlanmayapti? north_east

Putin nega koronavirusga qarshi emlanmayapti?

Rossiya Qurolli kuchlarida COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Hozircha 400 ming harbiyni emlash rejalashtirilyapti. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi. Jami 400 mingdan ortiq harbiy xizmatchini vaksinalash rejalashtirilyapti”, degan Shoygu.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir 2,5 ming harbiy emlangan, yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni 80 mingga yetkazish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, RF Qurolli kuchlarida COVID-19 ni davolash uchun koronavirusga qarshi emlangan va antitana titri yuqori bo‘lgan harbiylar plazmasidan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

“Bu usuldan foydalanish kasallikning og‘ir shaklini davolashda samarali ekanini ko‘rsatdi. Hozirgi vaziyatda 500 dan ortiq emlangan harbiylar tadqiqotga jalb qilingan”, degan Shoygu.

Vazir tadqiqotning boshqa tafsilotlariga to‘xtalib o‘tmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada hozirgacha ikkita vaksina rasman ro‘yxatda o‘tkazilgan. “Sputnik V” vaksinasi 11 avgustda, “EpiVakKorona” preparati esa 14 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing