Ronaldu 4 ta chempionatda to‘purar bo‘lgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

Sport

image

“Al-Nasr”ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘rtta milliy chempionatda to‘purar maqomini olgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.

Portugaliyalik futbolchi shu vaqtga qadar “Real” bilan La Liga, “Yuventus” bilan A Seriya, “Manchester Yunayted” bilan Angliya Premer-ligasida va “Al-Nasr” bilan Saudiya Arabistoni chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. 

“Real” safida  hujumchi uch marta La Liganing “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritgan.

Ronaldu joriy mavsumda 35 ta gol urdi, bu Saudiya Arabistoni chempionati rekordi hisoblanadi. Shuningdek, Krishtianu 11 ta golli uzatmaga ham mualliflik qildi.

Saudiya Arabistoni chempionati yakunida “Al-Nasr” 82 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egalladi. “Al-Ittihod” Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 34 o‘yindan so‘ng 54 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinni qayd etdi. Chempionatda “Al-Hilol” klubi g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing