“Real” Mourino uchun qancha pul to‘lashi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 iyun 2827 1 daqiqa
“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinoni tayinlash uchun “Benfika”ga 15 million yevro tovon puli to‘laydi. Bu haqda “Talksport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik murabbiyning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan edi. Avvalroq, “Real Madrid” rasmiy sayti orqali Mourinoni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qilgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Mutaxassis bundan avval 2010-2013 yillarda ham “Real Madrid”ni boshqargan. Uning rahbarligi ostida jamoa Ispaniya chempionligi, shuningdek, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
O‘tgan mavsumda “Real Madrid” Ispaniya chempionatini 86 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi. Madridliklar chempion bo‘lgan “Barselona”dan 8 ochko ortda qolgan edi.
Live
Barchasi