“Real Madrid” futbolchilari Alonsodan norozi bo‘lmoqda
Sport
−
26 noyabr 2388 2 daqiqa
“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa ichidagi noroziliklar va futbolchilar bilan ziddiyatlar tufayli katta bosim ostida qolmoqda. Ayrim futbolchilar murabbiydan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda Real Gm xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kiyinish xonasidagi yetakchi futbolchilar – Vinisius, Valverde, Kamavinga, Rodrigo va Bellingem murabbiy bilan ziddiyat yetakchilari sifatida faol “isyon” ko‘rsatmoqda. Bu noroziliklar klub tomonidan futbolchilarga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash va yozgi transferlar masalasidagi e’tiborsizlik bilan kuchaygan.
So‘nggi jiddiy norozilik Vinisius Junior bilan bog‘liq bo‘lib, futbolchi murabbiy bilan kelisha olmasligi va shartnomani uzaytirmasligi haqida klubga xabar bergan. Murabbiyning braziliyalik futbolchiga nisbatan qilgan harakatlari, jumladan, “El-Klasiko”dagi almashtirish qarorlari uning yulduz futbolchilar bilan ishlash qobiliyatiga shubha uyg‘otgan. Shu bilan birga, Alonso o‘zining an’anaviy qat’iyatli yetakchilik uslubiga sodiq qolmoqda, bu esa jamoa ichidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirgan.
Jamoa va murabbiy o‘rtasida muammolarni “Elche”ga qarshi o‘yinda (2:2) Alvaro Rodrigesning goliga ba’zi futbolchilarning reaksiya ko‘rsatmasligidan ham sezish mumkin. Shuningdek, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va “El-Klasiko”dagi voqealari Alonso va futbolchilar o‘rtasidagi norozilikni yanada kuchaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Junior bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlarining tarangligidan kelib chiqib, shartnomani uzaytirmaslik niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi