Rasman: Shavkat Mirziyoyev yana prezidentlikka nomzod bo‘ldi
Jamiyat
−
07 avgust 2021 10032 1 daqiqa
Bugun, 7 avgust kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi plenumi o‘tkazildi. Bu haqda partiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 2021 yilgi prezidentlik saylovida Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2016 yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ham Shavkat Mirziyoyev nomzodi qo‘yilgan va u 88,61 foiz ovoz bilan g‘alaba qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilgi O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovda 5 nafar nomzod ko‘rsatildi. Bular: Oblomurodov Narzullo (Ekologik partiya), Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP), Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish”), Maqsuda Vorisova (Xalq demokratik partiyasi) va Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDep).
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr