Rasman! Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Fabio Kannavaro 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis bo‘lib, endi u O‘zbekiston milliy terma jamoasini AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

  • Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
  • Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
  • Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Italiyaning “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2024 yilning aprelida u “Udineze” (Italiya) jamoasini qabul qilib olgan va bir muddat ishlagan.  Shundan so‘ng, Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birga Toshkentga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'FA shartnoma Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing