Rasman: “Al-Hilol” Neymar transferini e’lon qildi (video)
Sport
−
16 avgust 2023 9375 1 daqiqa
Braziliyalik futbolchi Neymar Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi transferi uchun Saudiya klubi PSJga 160 million yevro to‘laydi. 2 yil davomida braziliyalik futbolchi yangi klubida tijoriy shartnomalardan tashqari 200 million yevroga yaqin mablag‘ ishlab oladi.
O‘tgan mavsum Neymar Fransiya chempionatida 20 o‘yinda 13 ta gol urdi va 11 ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymarning xizmatlari Yevropaning bir nechta top klublariga taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Londonning Chelsi klubi esa Mudrikni o‘z safiga qo‘shib olgani uchun braziliyalik futbolchi transferini rad etgan.
Live
Barchasi