Neymar “Al-Hilol”ga o‘tishdan oldin qaysi top-klublar bilan muzokara o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yozda PSJ vingeri Neymarni sotib olmoqchi bo‘lgan yagona Yevropa klubi bo‘ldi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini  sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi bo‘lgan, biroq “Barselona” Neymarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 4 nafar futbolchini qo‘yib yuborishi kerak edi.

Neymarning o‘zi “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Real”, “Chelsi” va “Manchester Siti”ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan, biroq bu klublar futbolchini sotib olish imkoniyatidan voz kechgan. Shundan so‘ng, braziliyalik futbolchi “Al-Hilol”ga o‘tishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar “Al-Hilol” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Futbolchi Saudiya klubida mavsumiga 100 million yevro ishlab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made