Neymar “Al-Hilol” futbolchisiga aylandi – manba

Sport

image

PSJning braziliyalik futbolchisi Neymar Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, tomonlar transferning barcha shartlarini kelishib olgan. Neymar shu hafta Saudiyaga boradi va “Al-Hilol” futbolchisi sifatida tanishtiriladi. U “Al-Hilol” bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Riyod klubi 31 yoshli futbolchi uchun PSJga salkam 100 million yevro to‘laydi.

Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi Saudiya klubida 10-raqam ostida to‘p tepadi. Tibbiy ko‘rik bugun bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum PSJ safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Parij klubi tarkibida futbolchi 5 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made