Neymar jiddiy jarohat oldi
Sport
−
10:54 401 1 daqiqa
Joriy yilning 3 sentyabr kuni “Santos” hujumchisi Neymar “Palmeyras”ga qarshi Braziliya Kubogi bahsidan so‘ng o‘ng son mushaklaridan jarohat olgandi. Enlikda futbolchining bir oydan oshiqroq muddat maydonga tusholmasligi aniq bo‘ldi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida 34 yoshli braziliyalikda o‘ng sonning to‘g‘ri mushagida 2B darajali mushak jarohati aniqlangan. Klub futbolchining aniq tiklanish muddatini ma’lum qilmagan bo‘lsa-da, dastlabki baholarga ko‘ra, Neymar 4-8 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.
Neymar “Palmeyras”ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan Braziliya Kubogi chorak finali javob uchrashuvida jarohat olgan. Birinchi bahsda “Palmeyras” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va keyingi bosqichga yo‘l olgan.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi 2025 yil yanvar oyida “Al-Hilol”dan “Santos”ga qaytgan. Undan avval “Barselona” va PSJ safida to‘p surgan. Parijliklar Neymarni 2017 yilda “Barselona”dan 222 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy jamoa safida 130 ta uchrashuvda 80 ta gol urgan.