“Chelsi”ning Mudrik uchun Neymardan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi ukrainalik futbolchi Mixail Mudrikning qimmat transferi tufayli Neymarni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan voz kechgan. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, may oyi oxirida va iyunda PSJ “Chelsi”ga Neymarni sotib olishni taklif qilgan. Biroq London klubi mavjud futbolchilariga ko‘proq imkoniyat yaratib berish maqsadida taklifni rad etgan. Gap shundaki, Mixail Mudrik Neymar bilan bir pozitsiyada to‘p suradi va “Chelsi” Mudrik uchun katta pul – 100 million yevro to‘lagan.

London klubi Neymar xizmatlaridan voz kechib, yosh futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan. 

Mudrikning “Chelsi”dagi natijalari qoniqarli emas. 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Angliya chempionatida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistlik qildi. 

Qayd etish joiz, Neymar “Chelsi”dan tashqari Yevropaning bir qancha top-klublariga taklif qilindi, biroq yakunda Saudiyaning “Al-Hilol” klubi futbolchini o‘z safiga olishga qaror qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymarga yangi klubida bir qancha qulayliklar yaratib berilishi xabar qilingandi. Braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistonida sevgilisi Bruno Byankardi bilan nikohsiz yashashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Neymar Mixail Mudrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing