Putin chaynaganidan ko‘ra ko‘proq tishladi – MI6

Olam

image

Rossiya-Ukraina urushi hali nihoyasiga yetmagan va Rossiya rahbari Vladimir Putin urushni tugatish yoki haqiqiy tinchlik muzokaralari ehtimoli haqida ham o‘ylamayapti. Bu haqda Britaniyaning MI6 tashqi razvedka agentligi rahbari Richard Mur Istanbuldagi xayrlashuv nutqida aytib o‘tdi.

Mur Istanbuldagi Britaniya konsulligida nutq so‘zladi. Besh yil davomida MI6 rahbari sifatida u sentyabr oyi oxirida lavozimidan ketadi. Uning ta’kidlashicha, Putin tinchlikka intilayotganiga mutlaqo dalil yo‘q.

“Putin o‘z qo‘lida bo‘lgan barcha vositalar yordamida o‘zining imperatorlik irodasini singdirishga urinmoqda. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, degan u.

Britaniya razvedkasining ta’kidlashicha, Kreml boshidanoq o‘z kuchini ortiqcha baholagan.

“Ochig‘ini aytganda, Putin chaynaganidan ko‘ra ko‘proq tishlab oldi. U osonlikcha g‘alaba qozonaman deb o‘ylagandi. Ammo u va boshqalar ukrainaliklarning kuchini kam baholadi”, dedi Mur.

Shuningdek, u Rossiyaning hujumlari Ukrainani sindirmaganini, aksincha, uning milliy o‘ziga xosligini mustahkamlagani, G‘arb tomon harakatini tezlashtirgani, Shvetsiya va Finlyandiya kabi davlatlarni NATOga kirishga undaganini ta’kidladi.

U nutqida Kreml siyosatiga keskin baho bergan.

“Putin dunyoni Rossiyaning g‘alabasi muqarrarligiga ishontirishga harakat qildi. Lekin u yolg‘on gapiryapti. U dunyoni va xalqini aldayapti. U hatto o‘ziga ham yolg‘on gapirayotgan bo‘lishi mumkin”, degan u.

Murning ta’kidlashicha, Rossiya Prezidenti “o‘z shaxsiy merosi va tarixning buzib ko‘rsatilgan versiyasi uchun o‘z mamlakati kelajagini garovga qo‘ygan” va urushning o‘zi “bu tanazzulni tezlashtirmoqda”.

MI6 rahbarining qo‘shimcha qilishicha, tarix imperiya ambitsiyalari barbod bo‘lganini bir necha bor isbotlagan.

“Rossiyadan kattaroq davlatlar Ukrainadan kuchsizroq davlatlarni zabt eta olmadi”, ta’kidlaydi u.

Tahlilchilarga ko‘ra, Putin kichikroq Ukraina armiyasini qonga to‘kish orqali uzoq davom etadigan vayronagarchilik urushida g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp bilan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya-Ukraina urushi MI6 Richard Mur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing